Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda kabobdan ommaviy zaharlanish: qurbonlar bor

Namanganda kabobdan ommaviy zaharlanish: qurbonlar bor

Namangan viloyatining Chust tumanida 21-oktyabr kuni ikki kishi ovqatdan zaharlanishdan halok bo‘ldi, olti kishi kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga, o‘ttiz nafari kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda «Anhor» xabar bermoqda.

Mahalliy aholi vakilining so‘zlariga ko‘ra, bozor yonida joylashgan oshxonaga kirgan o‘ttizdan ziyod xo‘randa kasalxonaning yuqumli kasalliklar bo‘linmasiga yotqizilgan.

«Bozorning yonida go‘sht rastalari va oshxonalar mavjud. Aytishlaricha, shu yerda kabob yeganlarning barchasi kasalxonaga yotqizilgan. O‘tgan yakshanba kuni tuman kasalxonasi bemorlar bilan to‘ldi. Ommaviy zaharlanish kuzatilgan kun bozorga yaqin bo‘lgan barcha oshxonalar yopildi. Hozir tekshirishlar ketmoqda», — deydi Chust tumanida yashovchi fuqarolardan biri.

«Ahvoli og‘ir bo‘lgan olti kishi jonlantirish bo‘limida yotibdi. O‘ttizga yaqin odam yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan», — degan shifokorlardan biri. Shuningdek u Namangan va Toshkentdan mutaxassislar chaqirilganini qayd etgan.

Chust tumani sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokori Zayliddin Anarqulov bemorlarga ichak iyersiniozi (yuqumli kasallik) tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring