Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda prokuror almashdi

Namanganda prokuror almashdi

Rashid Rahmatov.

Foto: «Kun.uz»

Namangan viloyati prokurori Ulug‘bek Toshev qonuniylik, huquqbuzarliklar erta profilaktikasini ta’minlash, kadrlar tarbiyasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari Rashid Rahmatov Namangan viloyatiga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun: R.Rahmatov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017-yilning noyabrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ish boshlagan, 2018-yilning noyabrida O‘zbekiston Bosh prokurorining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring