Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda «Xiaomi MI» sotgan tadbirkor xaridorning pulini qaytardi

Namanganda «Xiaomi MI» sotgan tadbirkor xaridorning pulini qaytardi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fedaratsiyasiga Baliqchi tumani, Baliqchi qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fukaro Fayzullo Temirov murojaat qildi.

Murojaatda iste’molchi Namangan shahridagi savdo markazlarining biridan 1 450 000 so‘mga xarid qilgan «Xiaomi MI 5x» telefon apparati nuqsonli chiqqanidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘ragan.

Ushbu murojaat yuzasidan Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘rganish olib bordi va sotuvchiga qonuniy tushuntirishlar berildi.

Natijada sotuvchi iste’molchidan olgan pullarini qaytarishga majbur bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring