Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganlik deputat baxtsiz hodisa tufayli 44 yoshida vafot etdi

Namanganlik deputat baxtsiz hodisa tufayli 44 yoshida vafot etdi

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati, «Istiqlol javohiri» mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Islomjon Tayrbayev 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Islomjon Tayrbayev 1976-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1995-yili Namangan sanoat texnologiya instituti huzuridagi tadbirkorlik va biznes kursini tamomlagan.

2008-yildan hozirga qadar Namangan shahridagi «Istiqlol javohiri» mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Islomjon Tayrbayev 2020-yil 21-oktyabr kuni baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring