Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO madhiyasini rasman tasdiqladi

NATO madhiyasini rasman tasdiqladi

Foto: «No News»

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti o‘zining rasmiy madhiyasini tasdiqladi. Mazkur madhiyada birorta so‘z ishlatilmagan. Biroq u 20 ta musiqa asbobi yordamida yozilgan.

NATOning avval ham madhiyasi bor edi, ammo u rasman tasdiqlanmagan edi. 1989-yildan buyon blok bilan bog‘liq tadbirlarda Lyuksemburg harbiy orkestri dirijyori, kapitan Andre Reyxling tomonidan yozilgan kompozitsiya jarang sochgan edi.

Eslatib o‘tish kerak, NATO Yens Stoltenbergning Alyans bosh kotibligi vazifasini 2020-yilgacha uzaytirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring