Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO vakillari O‘zbekistonda harbiy hamkorlik yuzasidan mashg‘ulot o‘tkazdi

NATO vakillari O‘zbekistonda harbiy hamkorlik yuzasidan mashg‘ulot o‘tkazdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

NATOning Bryunsyum (Niderlandiya) shahridagi Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi shtab-kvartirasi mutaxassislari polkovnik Yasen Kenarov, podpolkovniklar Xose Rodriges, Patrik Tomas va P. Xudik O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi qo‘mondonlik-shtab fakultetida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tinglovchilar NATO tizimidagi bugungi o‘zgarishlar, amaliyotlarni rejalashtirish jarayoni va harbiy qarorlar qabul qilish, shuningdek, Alyansning strategik infratuzilmalari borasida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va NATOning Bryunsyum shahridagi Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi shtab-kvartirasi o‘rtasidagi hamkorlikka 2013 yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda mazkur aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtga kelib NATO vakillari tomonidan har yili o‘rta hisobda to‘rttagacha qisqa muddatli o‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinadi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur tadbirlar doirasida NATO delegatsiyasi tarkibidagi bir qator a’zo va hamkor mamlakatlar ofitserlari yurtimizda o‘quv mashg‘ulotlari bilan bo‘lishgan. Bular ichida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Fransiya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Turkiya, Ozarbayjon, Bolgariya va Polsha davlatlari malakali mutaxassislarini alohida sanab o‘tish mumkin.    

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring