Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 234 nafar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga maosh berilmagani aniqlandi

Navoiyda 234 nafar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga maosh berilmagani aniqlandi

Karmana tumani adliya bo‘limiga ishonch telefoni orqali tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan murojaat kelib tushgan. Unda tashkilotda jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan 234 nafar xodimga ish haqi to‘lab berilmayotgani ma’lum qilingan.

Murojaat o‘rganilganda, Navoiy viloyat obodonlashtirish boshqarmasining jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan 234 nafar xodimga  2020-yilning iyun oyi oylik ish haqi to‘lab berilmaganligi tasdiqlandi. Ma’lumki obodonlashtirish boshqarmalari Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi huzurida tuzilgan jamg‘armadan moliyalashtiriladi. Tashkilot tomonidan xodimlarga ish haqi berilmayotgani ham aynan moliyalashtirish jarayonining kechiktirilayotgani bilan bog‘liqligi aytildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining  161-moddasida  jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu asosga ko‘ra tuman obodonlashtirish boshqarmasiga 234 nafar ishchi xodimning 155 mln. so‘mdan ortiq oylik ish haqlarini undirish yuzasidan taqdimnoma

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring