Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto:«O‘zA»

Odil Ravshanovich Hasanov Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Odil Hasanov 1975-yilda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Navoiy sanoat texnikumini, 2006-yilda Navoiy Davlat konchilik institutini tamomlagan.

O.Hasanov mazkur lavozimga qadar Navoiy viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Navoiy viloyatidagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi boshlig‘i, Navbahor tumani hokimining o‘rinbosari, Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori, Navoiy viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring