Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham qatnashdi (foto)

Prezident Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham qatnashdi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi. 

Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatning salohiyati, shahar va tumanlarning ko‘rgazmalari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 

Davlatimiz rahbari viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, faollar, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimizdagi islohotlar, odamlar hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.  

Shavkat Mirziyoyev mazkur bog‘da o‘rnatilgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qo‘ydi. 

O‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bo‘lgan ushbu shoirlar zamondosh, hamfikr bo‘lgan. Ularning adabiy merosi bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashdi. Prezidentimiz ular bilan suhbatda ajdodlarimizning ma’naviy merosi xalqlarimizning umumiy boyligi ekani, uni o‘rganish azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashini ta’kidladi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring