Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nest One» binosida yana yong‘in yuz berdi

«Nest One» binosida yana yong‘in yuz berdi

Bugun, 5-may kuni Toshkent shahar Shayxontoxur tumanida joylashgan «Nest One» qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan, deyiladi FVV xabarida.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mart oyida ham «Nest One»da yong‘in chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring