Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Bosh prokuror etib tayinlanganiga 1 yil-u 2 kun bo‘ldi. Xo‘sh?

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Bosh prokuror etib tayinlanganiga 1 yil-u 2 kun bo‘ldi. Xo‘sh?

Foto: «Xabar.uz»

Bir necha yil Oliy Majlis Senatiga rahbarlik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘tgan yilning 20 iyun kuni O‘zbeksiton Respublikasi Bosh prokurori vazifasiga tayinlangandi. Shu munosabat bilan «Telegram»dagi kanallarning birida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Anonim shaklda o‘tkazilgan so‘rovnomada hozirga qadar 5500 mingga yaqin foydalanuvchi ishtirok etgan. Shunga qaramay, tarmoq foydalanuvchilari ijtimoiy hayotning nisbatan faol qatlami ekani, mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni izchil kuzatib, o‘z qarashlarini bildirib borishlari e’tiboridan so‘rov natijalari mamlakat Bosh qonun posbonining bir yillik faoliyati xususida muayyan tasavvur berishi mumkin.

So‘rovnoma natijasi chakki emasday. To‘g‘ri, ishtirokchilarining uchdan biridan ko‘prog‘i (31 foiz) tizimda o‘zgarish bo‘lmaganini bildiradi. Bu tabiiy. Negaki, mamlakat tarixidagi oltinchi Bosh prokurorga o‘tmishdoshlaridan og‘ir meros qolgani hech kimga sir emas. Qisqa vaqt mobaynida birin-ketin bir emas, uch nafar Bosh prokuror jinoiy javobgarlikka tortilishi tizimni asoratsiz qoldirmasligi tayin. Shundan kelib chiqilsa, bir yil ichida tizimda favqulodda o‘zgarishlar kutish anchayin ilojsiz, negaki, kasal botmonlab kelib, misqollab ketadi. Shunga qaramay, 46 foiz ishtirokchi tizimda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayotganini e’tirof etmoqda. So‘rovnomaning 4-bandi («gap-so‘zlarga qaranganda sal o‘zgarish bor») mohiyatan 1-bandga yaqinligi («ha, prokuratura ancha ochilib boryapti») ham inobatga olinsa, ijobiy ko‘rsatgich (46+8) 54 foizni tashkil etadi (15 foiz ishtirokchi «prokuraturaga ishim tushmagan, bilmayman», deb javob qaytargan).

Demak, natija rostanam chakki emas. Ammo mezon balandroq olinsa, do‘ppini osmonga otishga hali erta. Zero, «xalq prokuratura»siga aylanishga qattiq da’vo qilayotgan tizim uchun 31 foizning quvvati 54 foizdan og‘irroq keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring