Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nima uchun Abdulla Aripovni yonimda olib yurishimni bilasizmi?» — Prezident

«Nima uchun Abdulla Aripovni yonimda olib yurishimni bilasizmi?» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida vazirlar ishiga baho berdi.

— Vazirlar Toshkentda qorovul bo‘lib o‘tirish uchun vazir bo‘lmaydi. Buning uchun oylik olmaydi. Viloyatlarga chiqib, muammolarni o‘rganishi, hal qilishi kerak.

Men nima uchun Abdulla Aripovni yonimda olib yurishimni bilasizmi? Chunki bu odam halol ishlaydi, kasbiga sadoqat ko‘rsatadi.

Samarqandda hokim bo‘lib ishlaganimda faqat shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan edi. Boshqa birorta vazir kelmagan. O‘shanda Abdulla Nig‘matovich Urgut tumanidagi telefon aloqasini shaxsan o‘zi hal qilib bergan edi. Vazir mana shunday ishlashi lozim.

O‘z vaqtida unga tuhmat ham qilishgan edi. Endi u davrlar ortda qoldi.

Vazirlar Qashqadaryoda qanaqa holat, vodiyda qanday, boxabar bo‘lib turishi lozim. Birorta vazir Farg‘onadagi ishini yakunlamagunga qadar Toshkentga ketmaydi, — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring