Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nosoz uskuna sotib olgan iste’molchining huquqi tiklab berildi

Nosoz uskuna sotib olgan iste’molchining huquqi tiklab berildi

Foto:«Uza.uz»

2019-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasining «Ishonch telefoni»ga fuqaro G‘. Yu. og‘zaki murojaat qilib, unda Navoiy shahrida joylashgan savdo markazidan sotib olgan kir yuvish mashinasi nosoz chiqqanidan noroziligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘ragan. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi. 

Murojaat Navoiy shahar jamiyatining murojaatlar daftariga qayd qilingan. Shundan so‘ng murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va fuqaro G‘. Yu.ning shikoyati asosli ekanligi kuzatildi.

2019-yil 3-fevral kuni Savdo markazi rahbariyatiga fuqaroning iste’molchi sifatida huquqlari tushuntirildi va iste’molchining talabiga ko‘ra unga kir yuvish mashinasi uchun to‘lagan 2 mln 900 ming so‘m pul mablag‘i qaytarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring