Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noyob ilmiy ob’yektga «O‘zbekiston milliy gerbariysi» nomi berildi

Noyob ilmiy ob’yektga «O‘zbekiston milliy gerbariysi» nomi berildi

Foto: «friesland-post.nl»

«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori imzolandi. Qaror matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Mazkur qaror bilan Botanika instituti ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda O‘zbekistonning tabiiy o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish sohasidagi yagona davlat ilmiy muassasasi sifatida qayd etish belgilandi.

Institutning noyob ilmiy ob’yekti — «Markaziy gerbariy» milliy ahamiyatga ega gerbariy deb tan olindi va unga «O‘zbekiston milliy gerbariysi» nomi berildi.

Institut tarkibida:

  • Noyob o‘simliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi;
  • O‘zbekiston florasi laboratoriyasi;
  • O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘simliklari xilma-xilligi bilan tanishtirish maqsadida Botanika muzeyi tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Fanlar akademiyasini O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash va chop etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, chop etish va yuritish tartibini tasdiqlashi belgilandi.

Ilmiy bo‘linmalarning yaxlitligini saqlab qolish va ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:

  • Institutning g‘o‘za sistematikasi va introduksiyasi laboratoriyasi, «G‘o‘za genofondi» noyob ilmiy ob’yekti va issiqxona kompleksi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutiga;
  • Institutning anatomiya va sitoembriologiya, daraxt va o‘t o‘simliklari introduksiyasi, shuningdek, dorivor o‘simliklar laboratoriyalari akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘iga o‘tkaziladi.

Qarorda institut tomonidan olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ilmiy va kompyuter uskunalari, priborlar, reagentlar, butlovchi qismlar, sarflash materiallari, dasturiy ta’minotlar va texnik vositalar 2021 yil 1 iyulgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilishi ham belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring