Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurimon Abdulhasan: «Palapartish haqiqat ustidan tizimli yolg‘on g‘alaba qozonadi»

Nurimon Abdulhasan: «Palapartish haqiqat ustidan tizimli yolg‘on g‘alaba qozonadi»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 29-may kuni Toshkentdagi «Poytaxt» biznes markazida O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Global tarmoqlarda diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishga qaratilgan tahliliy qarashlar» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etdi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abdulhasan, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Z.Sodiqov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi S.Sherxonov ishtirok etdi va ma’ruza qildi.

Jumladan, qo‘mita raisining o‘rinbosari Nurimon Abdulhasan xalqaro o‘rgimchak to‘rida radikallashuv jarayoni ketayotgani, buning ortidan tug‘ilayotgan tahdidlar haqida so‘zlarkan, shunday fikrlarni bildirdi:

— Palapartish haqiqat ustidan tizimli yolg‘on g‘alaba qozonadi degan ibratli naql bor. Bugungi kunda internet olamiga o‘zini urayotganlarning mutlaq ko‘pchiligi umuman diniy tushunchasi bo‘lmay turib bu sohaga aralashayotganlari juda achinarli holdir. Yaqinda «Hizbut-tahrir» oqimiga qo‘shilib qolgan yoshgina bir yigit afv qilindi. Qarang, 10 yil o‘tiribdi. Shunda ham fikridan qaytmoqchi emas. Undan «Kalimai toyyiba»ni aytib berishini so‘radim. Aytolmaydi! Yana shu holida diniy qarashlarni da’vo qiladi. E’tibor qilaylik, jamiyatimizda ma’naviy jinoyatlar ko‘payib bormoqda. Bu jarayonga befarq bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q.

Yana bir toifa borki, o‘zlaricha ko‘pchilik e’tiboriga hadislarni havola etadi va o‘z bilganicha talqin qiladi. Axir hadislarni tushuntirib berish uchun juda katta bilim kerak, bitta hadis 30 xilgacha talqin qilinishi mumkin.

Bizda esa ko‘pchilik allomamiz bo‘lgan muftiy hazratni yaxshi tanimay, asarlarini o‘qimay, islom instituti bilan islom universitetining farqiga bormay (yaxshiki hozir islom akademiyasiga aylantirildi) dinga o‘z qarashlarini singdirishga urinadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring