Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Atabekov vaksinaning nojo‘ya ta’siri haqida tarqalgan audiomurojaatga javob berdi

Nurmat Atabekov vaksinaning nojo‘ya ta’siri haqida tarqalgan audiomurojaatga javob berdi

So‘nggi kunlarda internet tarmog‘ida «Opam chaqqon bo‘lib emlatib kelibdilar. 10 kundan keyin reaksiya berib, qon bosimi oshdi, «saxar»i ko‘tarildi, qo‘li shishib ketdi. Shifokorlar mas’uliyatsiz, oltita klinikaga borib joylashtira olmadik», mazmunidagi audioyozuv tarqalgan.

SSV huziridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Atabekov tarmoqlarda tarqalgan ushbu audio bo‘yicha munosabat bildirdi.

«Muhtaram audioyozuv muallifi, sizdan iltimos qilar edik. Birinchidan, keyingi audiyozuvingizda kimligingizni, manzilingizni, opangizning ism-shariflarini, yoshlarini, qayerda emlanganliklarini va qanday vaksina olganliklarini yozib qoldiring. Aks holda bu kabi mavhumlik bilan vaksinaga ham, opangizdagi nojo‘ya ta’sirga, qolaversa, emlashni amalga oshirgan tibbiyot muassasasiga ham munosabat bildira olmaymiz. Butun tibbiyot tizimini ayblashdan oldin biz sizdan iltimos qilar edik mana shu ma’lumotlarni ochiqlab bering», deya ta’kidlaydi Nurmat Atabekov.

Shuningdek, Atabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda 10 kundan keyin reaksiya berish ehtimoli yo‘q. Qolaversa, koronavirusga qarshi emlash muassasalarning barchasi shay holatga keltirilgan. Zarur dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring