Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Obod qishloq» dasturi haqiqatan amalda...mi?

«Obod qishloq» dasturi haqiqatan amalda...mi?

Foto: «Xabar.uz»

Xabaringiz bor, respublikamiz hududlarida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha harakatlar boshlab yuborilgan.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi Oqdarband qishlog‘ida «Obod qishloq» dasturi doirasida ishchi guruh harakati bilan yo‘l infratuzilmasi yaxshilandi, qishloqdagi ta’mirtalab bo‘lgan 1000 dan ortiq uylarda ta’mirlash ishlari olib borildi, kam ta’minlangan 8 ta xonadonning tom qismi homiylik asosida yangitdan qurib berildi.

— Uyimning tomi ta’mirtalab edi. Oyna va eshiklarim ham ancha urinib qolgandi. «Obod qishloq» dasturi boshlanganidan so‘ng ishchi guruh vakillari muammolarimizni o‘rganib, uyimni ham ta’mirlab berishdi, — deydi Qo‘sh hovli ko‘chasi 46-uyda istiqomat qiluvchi Rayhon Jumaniyozova.

Foto: «Xabar.uz»

Aloqa va internet tarmoqlarini qishloq joylarida namunali deb bo‘lmasdi. «Obod qishloq» dasturi doirasida esa O‘rtayop qishlog‘idan Oqdarband qishlog‘igacha optik tolali kabel tortildi. Natijada 235 ta abonentga xizmat ko‘rsatish boshlab yuborildi. Darvoqe, endilikda ular internet tarmog‘idan ham foydalanishmoqda.

Bundan tashqari, bank kreditlari bilan aholiga yordam ko‘rsatish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, tomorqa yerlari uchun oqava suvlari yetkazish, elektr energiyasi ta’minoti, qishloq aholisiga gaz yetkazilishi sifatini oshirish ishlari o‘z o‘rnida davomiy amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, tomorqa maydonlari ekilishini o‘rganish ishlari bilan birga ishsiz bo‘lgan qishloq aholisi xonadonlarida issiqxonalar tashkil etish masalalari alohida ko‘rib chiqilib, issiqxonalar qurish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlanib, aholiga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring