Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obodonlashtirish uchun ajratilgan 140 mlrd. so‘m pul qayerga ketdi?

Obodonlashtirish uchun ajratilgan 140 mlrd. so‘m pul qayerga ketdi?

Foto: «Xabar.uz»

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri Jamshid Niyozov ham ishtirok etmoqda.

— 714 mlrd. ajratilgan, 42,8 mlrd. o‘zlashtirilgan, ya’ni birinchi chorakka ajratilgan 140 mlrd. so‘mdan atigi 42 mlrd. ishlatdik xolos, — deya so‘z oldi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.

— Ya’ni 30 foizi ishlatilgan xolos! Qolgani turibdi. Pul bor, lekin bularga budjet tashkilotlarini olib chiqib ishlatish oson. Bu ko‘p hokimlarning hujjatlar bilan ishlashni yoki Prezident ajratib bergan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana bilmasliklariga yaqqol dalildir! — dedi A.Aripov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilganini alohida qayd etish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring