Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi birinchi kunida sakkizta qonun ma’qullandi

Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi birinchi kunida sakkizta qonun ma’qullandi

Foto: Hasan Paydoyev

2019-yil 3-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida bir qator qonunlar ma’qullandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Ushbu qonunlarga quyidagilar kiradi:

— Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida;

— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida;

—  Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

— Yaylovlar to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida;

— O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

— Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida.

Ma’qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring