Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga matbuot kotibi tayinlandi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga matbuot kotibi tayinlandi

Fotima Saydaliyevna Madrahimova Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha Vakil maslahatchisi etib tayinlandi.

Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Fotima Madraximova 1989-yil 1-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Mening yurtim” telekanalida boshlagan. 2015-2018- yillarda “Parlament soati” dasturi muxbiri va muharriri, 2018-2019-yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi siyosiy sharhlovchisi hamda 2019-2020-yillarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida rahbarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanib,  mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring