Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaliqqa yangi hokim tayinlandi

Olmaliqqa yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Olmaliq shahri hokimi Usmon Rahimov o‘g‘lining «erkaliklari» ortidan ishdan olingani xabar qilingandi.

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etgan xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Olmaliqning yangi hokimi tanishtirildi.

Shu paytgacha Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Qobil Hamdamov Olmaliq shahar hokimi etib tayinlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring