Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olti marta sudlangan ayolga yettinchi marta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Olti marta sudlangan ayolga yettinchi marta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bir marta "o‘tirib", "zona"ning achchiq-chuchugini tortganlar ayrimlar nega yana jinoyatga qo‘l uraveradi? Nima, nomiyoq sovuq bo‘lgan qamoqxonaning "ohangrabosi" bormi?! Qaydam, qaydam...

Bu savollarga javobni navoiylik G.Sh.dan (ayol) so‘rash kerak. Chunki, u shu choqqacha naq olti marta sudlandi va har gal bir xil jinoyat - firibgarlik bilan javobgarlik tortilgan. Biroq ayni paytda unga ayni savol bilan murojaat qilishning iloji yo‘q. Negaki, unga nisbatan yana - hisob bo‘yicha yettinchi marta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayol bu safar ham "eski hunari" - firibgarlikka qo‘l urgan. Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departament ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, ayol fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, o‘g‘lini Navoiy davlat pedagogika institutiga "kiritib qo‘yish" va’dasi bilan 2100 AQSh dollari va 2 million so‘m pulini qo‘lga kiritgan. Sezib turganingizdek, "soqqa"ni olgan-u juftakni rostlagan...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring