Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi

O‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi

Foto: «Google.com»

Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilaridan biri firibgarlikda ayblanmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining «Texnologiya va servis xizmati» kafedrasi o‘qituvchisi R.A. va Zangiota tumanidagi 39-sonli maktab o‘qituvchisi M.R. fuqaro A.U.dan jiyani J.T.ni ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7.000 AQSh dollarini talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.A. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring