Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchilarni haqorat qilgan yuridik kollej direktoriga sud hukmi o‘qildi

O‘qituvchilarni haqorat qilgan yuridik kollej direktoriga sud hukmi o‘qildi

Foto: «Uznews.uz»

Namangan shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Namangan yuridik kollejining direktori vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Nodira Mirzaolimova ustidan hukm o‘qidi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar berdi.

Unga ko‘ra, Namangan yuridik kollej direktori vazifasini bajaruvchi Nodira Mirzaolimova qo‘l ostidagi o‘qituvchilarni haqorat qilganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan jarima belgilandi.

Mirzaolimovaga nisbatan Jinoyat kodeksining ning 140-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga yuborilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam N.Mirzaolimovaga nisbatan Namangan qurilish va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab yurgan bir vaqtda hamkasbini haqorat qilganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan edi.

U yangi lavozimida ham ushbu ishlarni davom ettirib, Namangan yuridik kolleji o‘qituvchilarini katta umumiy yig‘ilishlarda bir necha marotaba beodoblik bilan, uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, millatchilik qilib, sha’ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlagan.

Mazkur holat yuzasidan 2017-yilning 15-noyabrida Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Namangan yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvchi N.Mirzaolimovaga nisbatan JKning 140-moddasi 1-qismi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu holatlar bo‘yicha o‘qituvchilar Namangan shahar va Namangan viloyati prokuraturasiga murojaat etishgan, lekin jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat etilganidan keyin qo‘zg‘atilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring