Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchilarning oylik maoshini va obro‘yini ko‘tarish bo‘yicha TAKLIF va tahlil...

O‘qituvchilarning oylik maoshini va obro‘yini ko‘tarish bo‘yicha TAKLIF va tahlil...

Foto: «Xabar.uz»

Keling, insof va mantiqan bir hisob-kitob qilamiz:

O‘zbekistonimizda 5 248 484 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lib, har chorakda eng kam ish haqining 1,5 baravarida to‘lov qilib o‘qisa va topayotgan daromadimizning soliqqa to‘lanadigan qismidan (barcha daromad sohiblaridan olinadigan) 8 foizni Yoshlar ittifoqiga emas, Xalq ta’lim vazirligiga o‘tkazsak (chin dildan, chuqur his qilib), kichik hisob-kitobimizga ko‘ra bir yilda sof 10-11 trillion so‘m pul yig‘iladi.

Shu pullarni joriy yil hisobida aniqlangan (jami o‘qituvchi-o‘quvchilar ko‘rsatkichlari XTV statistikasidan olindi) 408 135 nafar o‘qituvchiga 12 oy davomida (misol uchun) teng taqsimlaganda chiqqan 2 143 898 so‘m pul (shu vaqtlarda bir stavka olayotgan oyligi o‘rtacha 1,1 million so‘m atrofida) qo‘shimcha berilsa jami 3 million so‘mdan kam bo‘lmaydi. Yaxshi ishlagan o‘qituvchilar 3,5 — 4 million so‘mdan oylik maosh oladigan bo‘ladi. 11 trillion so‘m pul — kam ta’minlanganlardan olinmasligi mumkin deb topilgan hamda ikkita va undan ko‘p bo‘lgan farzandlilarga qilinadigan chegirmalardan tashqari hisob-kitob mahsuli...

O‘ylaymanki, bunday imkoniyatga o‘zbekistonliklar jiddiy e’tibor qaratadi. Ustozlarimizni butun xalq o‘ylaydigan payt kelmadimikin? Siz bu taklifga rozimisiz?! Ko‘zi va ko‘ngli to‘q o‘qituvchi  o‘quvchilari  va o‘zining ustida dildan ishlaydi va erkak o‘qituvchilar ham ko‘payar edi.

Juda ko‘p gap va misollar, qo‘shimchalar bilan to‘ldirib bersam bo‘lardi, ammo asosni yozdim. Bu vaziyatda xalq ham, hukumat ham yelkama-yelka qadam tashlashi prinsipi ishga tushishi kerak.

Abduqodir Mo‘minov,
jurnalist

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring