Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘quvchilarni maktablarga DXMlar orqali qabul qilish davom etmoqda

O‘quvchilarni maktablarga DXMlar orqali qabul qilish davom etmoqda

Farzandlarimizni  davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv  davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu fuqarolarga yanada qulaylik yaratishi bilan birga shaffoflikni, tezkorlikni ta’minlash uchun xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 469-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Ushbu Reglament talablari quyidagi umumta’lim muassasalariga nisbatan qo‘llaniladi:

boshlang‘ich maktab;

umumiy o‘rta ta’lim maktabi;

ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlar, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bundan mustasno).

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish asosiy va qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinadi.

Asosiy kvota bo‘yicha qabul qilish umumta’lim muassasalariga biriktilgan mikrohudud bo‘yicha tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha kvota bo‘yicha mikrohududdan tashqari istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalar;

Mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan, ya’ni tegishli yilning 1-yanvaridan 31- avgustiga qadar 7 yoshga to‘lmaydigan bolalar qabul qilinadi.

Endi fuqarolar xech qanday ovoragarchiliklarsiz Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan xolda yoki YaIDXP orqali bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilish uchun yo‘llanma olishlari mumkin.

Bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilish har yili 15-iyundan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring