Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan yili O‘zbekistonda yoshlar orasida 14 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgan

O‘tgan yili O‘zbekistonda yoshlar orasida 14 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgan

Foto: Yoshlar media markazi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Zafar Nazarovning ma’lum qilishicha, o‘tgan yilda yoshlar o‘rtasida 14 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularning 3 ming 990 tasi o‘g‘irlik, 1ming 130 tasi firibgarlik, 960 tasi bezorilik, 880 tasi qonunga xilof ravishda chetga chiqish va yurtimizga kirishga urinish kabi noqonuniy holatlardan iborat. Mazkur jinoyatlarni qilganlarning 76 foizi ishsiz ekani aniqlangan.

Bu haqda Zafar Nazarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida bo‘lib o‘tgan «Barchasi o‘z qo‘lingda targ‘ibot dekadasi: erishilgan natijalar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda istiqboldagi vazifalar» bo‘yicha yoshlar press klubida aytgan.

O‘tgan oyda 456 nafar yosh O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining «Yoshlar kafilligi» asosida sud zalidan ozod qilinib, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik 29,9 foizga, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi esa 37,1 foizga kamayganligi ma’lum qilingandi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring