Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek yoshlari Nyu-Yorkda nufuzli tadbirda ishtirok etmoqdalar

O‘zbek yoshlari Nyu-Yorkda nufuzli tadbirda ishtirok etmoqdalar

Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi rahbari tashabbusi bilan yoshlar, ularning Barqaror rivojlanish maqsadlari kun tartibidagi ishtiroki va ekstremizm va zo‘ravonlikka qarshi kurash yo‘lida ularning o‘rni masalalariga bag‘ishlangan global forum bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi, bu muhim tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi ham qatnashmoqda. BMTga  davlatimiz vakillari o‘zbekistonlik Mohistara Muhammadyunusova va Azimjon Xolmahmatovlar ham yurtimiz yoshlari nomidan ushbu anjumanda ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan. Yoshlarning global jarayonlardagi ishtirokiga, fuqarolik jamiyatlari mustahkamlanishi, taraqqiyot masalalariga tobora keng jalb etilayotgan bugungi kunda, bizning yoshlarimiz vakillari anjumanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z tengdoshlarini ruhlantirishiga, mamlakatimiz rivojida yanada faolroq ishtirok etishiga turtki bo‘ladi, deb ishonamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring