Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekenergo» Farg‘onada uch yil oldin vafot etgan marhumga 1,3 million so‘m qarzdorlik yozdi

«O‘zbekenergo» Farg‘onada uch yil oldin vafot etgan marhumga 1,3 million so‘m qarzdorlik yozdi

Foto: O‘zA

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushgan arizaga ko‘ra, Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasidagi xonadonda yashagan, 2015-yilda vafot etgan marhumga 1 297 296 miqdorida elektr qarzdorligi borligi bo‘yicha xat kelib tushgan. O‘rganish davomida xonadon egasining vafot etgani, xonadonda shundan buyon hech kim yashamagani korxona mutaxassislariga tushuntirilib, asosli hujjatlar taqdim qilingan.

Natijada O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 21-moddasi talablari bo‘yicha, korxona mutaxassislari tomonidan 30402-0001208-sonli dalolatnoma xato yozilgan, deb hisoblanib, xonadonning elektr energiyasi iste’moli qayta hisob-kitob qilinib, xonadon hisob varag‘iga dalolatnoma bo‘yicha kiritilgan 1 297 296 so‘m qarzdorlik bekor qilingan. Korxona tomonidan qayta hisob-kitoblardan so‘ng 24.04.2018 yil holatiga xonadonning 1 292 129, 60 so‘m haqdorligi borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring