Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasi 24 ming, umra kvotasi 100 ming nafargacha oshiriladi

O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasi 24 ming, umra kvotasi 100 ming nafargacha oshiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan fuqarolarimizning Saudiya Arabistonida bo‘lishi bilan bog‘liq yanada qulay va shinam sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida haj va umra ishlari vaziri davlatimiz rahbariga Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Saudiya delegatsiyasining ushbu tashrifi joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirilgan tarixiy ahamiyatdagi davlat tashrifi davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning davomi ekani alohida ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini ikki barobar — 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, raqamlashtirish sohasida ilg‘or tajribani joriy qilish, saudiyalik turistlarning yurtimizda bo‘lishi uchun vizasiz tartib joriy qilinganini hisobga olgan holda ularning O‘zbekistonga safarlarini ko‘paytirish, ikki mamlakat yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring