Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan xabar berishlaricha, Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdo‘g‘onning mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Turkiya Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga asosan hamkorlik inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, norma ijodkorligi, yuridik xizmatlar ko‘rsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi sohalarda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, memorandumda seminar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, normativ-xuquqiy hujjatlarni tayyorlash amaliyoti hamda yuridik adabiyot va boshqa nashrlar, taraflarning adliya organlari va muassasalari faoliyatini tashkil qilish bilan yanada to‘liqroq tanishishi, hamkorlikdagi tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish, taraflar kelishib olgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida delegatsiyalar almashinuvi ko‘zda tutilgan.

Memorandum ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring