Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 1-sentyabrdan yangi telekanal tashkil etiladi

O‘zbekistonda 1-sentyabrdan yangi telekanal tashkil etiladi

«O‘zbekiston tarixi» telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–4390-son, 11.07.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan «O‘zbekiston tarixi» telekanali tashkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi.

Unga muvofiq, telekanalning asosiy vazifasi O‘zbekistonning ko‘hna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ilmiy, madaniy va ma’naviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring