Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda bu statistika tashvishli tus olmoqda (video)

O‘zbekistonda bu statistika tashvishli tus olmoqda (video)

Foto: videorolikdan skrinshot

So‘nggi paytlarda oilaviy ajralishlarga oid statistika raqamlari tashvishli tus olmoqda. Xususan, 2019-yilning o‘tgan davrida faqat FHDY organlari tomonidan qayd etilgan ajralishlar soni 23 000 dan ziyodni tashkil etdi.

Adliya vazirligi jamiyat e’tiborini mazkur muammoga qaratish maqsadida O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda ushbu rolikni tayyorladi.

O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida ushbu tashvishli holatga shunday izoh berdi:

«23000. Bu raqam qaysi sohaga tegishli, deb o‘ylaysiz?

Agar u insonlar taqdiri bilan bog‘liq statistika, deydigan bo‘lsak, holat yanada jiddiylashadi.

Bu 2019 yilda FHDY organlari orqali nikohi bekor qilingan holatlar statistikasi. Juda katta va qo‘rqinchli.

Eng yomoni, ajralish natijasida necha-necha murg‘ak qalblar vayron bo‘lyapti, yetim qolyapti. Bu narsani hech qanday statistik raqamlar bilan baholab bo‘lmaydi. Bu jarohat izi farzand qalbida umrbod qoladi.

Shu muammoga ozgina bo‘lsa ham aholining e’tiborini qaratish maqsadida, kichkina videorolik tayyorladik. Xulosa o‘zingizdan, o‘ylab ko‘ring.

Ma’lumot uchun, shu davrning o‘zida 195 mingta nikoh ham qayd etilgan», deb yozadi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring