Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda go‘shtni qayta ishlash klasterlari paydo bo‘lishi mumkin. Bunda Braziliya yordam beradi

O‘zbekistonda go‘shtni qayta ishlash klasterlari paydo bo‘lishi mumkin. Bunda Braziliya yordam beradi

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Braziliyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Antonio Luis Espinolo Salgado bilan uchrashuvda hamkorlikda go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha klasterlar yaratish taklifini bildirdi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi bergan ma’lumotga asoslanib, «Daryo.uz» xabar qildi.

«Klasterlar mol go‘shtidan tayyor mahsulot ishlab chiqishning butun sikli — chorvachilik, go‘shtni qayta qayta ishlash va go‘sht mahsulotlari, jumladan, konservalar tayyorlash jarayonlarini to‘liq ishga tushirishga imkon beradi. Braziliya go‘sht va go‘shtli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi. Braziliya sarmoyadorlari va mutaxassislarini jalb etish O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatini yangi darajaga ko‘tarishda  ko‘mak beradi», — dedi Jamshid Xo‘jayev.

Jahon savdo tashkilotiga ko‘ra, Braziliya go‘sht va go‘shtli mahsulotlar eksporti bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinda turadi (2017-yilda — 16 milliard dollar).

Uchrashuv davomida joriy yilda Braziliya tadbirkorlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish, O‘zbekiston va Braziliya hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, yig‘ilish doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralarining biznes-forumini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring