Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda hayit bayrami, o‘zgarayotgan chiroq qoidasi, qo‘mita raisining iqrori va boshqa xabarlar

O‘zbekistonda hayit bayrami, o‘zgarayotgan chiroq qoidasi, qo‘mita raisining iqrori va boshqa xabarlar

Bugun 5 iyun yurtimizda Ramazon hayiti nishonlanmoqda. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Jamiyat

O‘zbekiston masjidlarida hayit namozi ado etildi

Bugun, 5 iyun kuni O‘zbekiston masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Aytish joizki, namozxonlar uchun barcha sharoitlar yaratildi. 

Toshkentda jamoat transporti bayram munosabati bilan soat 4:00 dan ish boshladi. Yurtimizning turli go‘shalarida namozxonlar ushbu farz ibodatni ado etdilar. 

Statistika: hayit namozida 2,2 milliondan ziyod fuqaro qatnashdi

Avto

Haydovchilar uchun hayitlik. Kunduzi chiroq yoqib yurish qoidasi o‘zgartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra avtotransport vositalarining barcha turlari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarni yoqib yurish haqidagi qoida 2021 yilning 1 yanvariga qadar qoldirildi.

Shu vaqtga qadar mazkur qoida jamiyatda eng ko‘p muhokama qilingan masalalardan biriga aylandi. 

Jamiyat

Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi: «prezident bizdan o‘n qadam oldinda, biz yetib ololmayapmiz»

4 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oliy Majlis, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutasaddilari hamda deputatlar ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi To‘lqin Eshnazarov quyidagicha gapirdi:

«Yurtboshimiz Toshkent viloyatini qancha tanqid qildilar. Nima uchun Toshkent viloyati rivojlanmayapti, nima uchun viloyat rahbarlari harakat qilmayapti, dedilar. Harakat bor, lekin muhtaram prezidentimiz bizdan o‘n qadam oldinda, biz yetib ololmayapmiz, yetib olib bo‘lmayapti» 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring