Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dorilar kamaydi

O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dorilar kamaydi

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati e’lon qilindi (ro‘yxat raqami 3200, 6.12.2019-y.), deb xabar bermoqda «Norma».

Ilgarigi ro‘yxatga qaraganda yangi ro‘yxat 49 ta pozitsiyaga qisqargan. Biroq, shifokor retseptisiz beriladigan monopreparatlarning umumiy soni 4 taga oshgan, kompleks preparatlar esa shu ro‘yxatda 53 taga kamaygan.

Umumiy ro‘yxatda bo‘lmagan barcha dori vositalariga  endi retsept talab etiladi. Bu shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish va uni qo‘llash usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasidir. Retseptning shakli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, retseptsiz preparatlar ro‘yxati har yili yangilanadi (yilda kamida 1 marta). Qoidaga ko‘ra, bu noyabr-dekabrda ro‘y beradi. Masalan, 20162017 va 2018 yilda ham shunday bo‘lgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.12.2019-yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring