Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati aviatsiya texnikasi bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati aviatsiya texnikasi bilan ta’minlanadi

Foto: «v-gornom.ru»

O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma mablag‘larining bir qismi tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini malakasini oshirish va xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tashini tashkil etish hamda ularga ustamalar, mukofot pullari va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash uchun sarflanadi.

Qaror bilan Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlandi. Baholash natijalari tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun asos bo‘ladi, shuningdek, xizmat muassasalarini rahbar kadrlar bilan to‘ldirishda hisobga olinadi.

Tez tibbiy yordam xizmati 2020-yildan boshlab aviatsiya texnikasi bilan jihozlanadi.

2019-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha innovatsion imkoniyatlarga ega avtomatlashtirilgan tizim yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring