Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining tekshiruv jarayoni boshlandi

O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining tekshiruv jarayoni boshlandi

2020-yil 19-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilindi.

Hozirgi vaqtda Davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu vaksina klinik tadqiqotlarining birinchi va ikkinchi bosqichlar hujjatlari ekspertizasi, shuningdek, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi hamda Farmako-toksikologik laboratoriyada vaksinaning sifat nazorati tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Barcha amalga oshirilayotgan ishlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida, deyiladi xabarda.

Tekshiruvlar ijobiy yakunlanganidan so‘ng, Davlat markazi va Etika qo‘mitasining ijobiy xulosasiga muvofiq, vaksinaning uchinchi bosqich klinik tadqiqotlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi hal etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring