Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondan Nyu-Yorkka aviachiptalar arzonlashdi

O‘zbekistondan Nyu-Yorkka aviachiptalar arzonlashdi

Foto:«Uzbekistan Airways»

O‘zbekistondan Nyu-York shahriga bo‘lgan reyslarning iqtisodiy-klass toifalari chiptalari narxi arzonlashgani ma’lum  bo‘ldi.

2020-yil 20-yanvar kunidan 2020-yil 30-aprelga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy-klass tariflarini pasaytiradi:

Toshkent – Nyu-York (borish va qaytish)
Samarqand – Nyu-York (borish va qaytish)

«Bundan tashqari ushbu davr mobaynida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy-klassda amalga oshirilgan parvozlar hisobiga to‘planadigan rag‘batlantiruvchi ballar soni ham oshiriladi» deyiladi «Uzbekistan Airways» matbuot xizmati xabarida.

Ammo chipta narxlari aynan qanchaga arzonlashganiga aniqlik kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilda yana bir avikompaniya tuzilishi ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring