Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tish rejalashtirilgan $45 millionlik benzin aniqlandi

Qozog‘istonda O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tish rejalashtirilgan $45 millionlik benzin aniqlandi

Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi xodimlari katta miqdordagi neft mahsulotlarining mamlakat hududidan O‘zbekistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, Pavlodar viloyatida hajmi 280 tonna, qiymati esa qariyb 90 million tenge (taxminan 187,3 ming AQSh dollari) bo‘lgan neft mahsuloti olib ketayotgan 5 ta vagon qo‘lga olingan.

Yonuvchan aralashma niqobi ostida O‘zbekistonga eksport qilinayotgan ushbu vagonlardagi yuk, mutaxassislarning fikricha, K-4 ekologik sinfidagi AI-95 benzini bo‘lib chiqqan.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy qiymati 45 million AQSh dollari bo‘lgan 50 ming tonna yoqilg‘i noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatdan olib chiqib ketilishi rejalashtirilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda. Tergovga tegishli boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring