Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik matematik — xalqaro mukofot sovrindori

O‘zbekistonlik matematik — xalqaro mukofot sovrindori

Foto: «kun.uz»

COMSTECH (Committee on Scientific and Technological Cooperation), Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ning ilmiy va texnikaviy hamkorlik qo‘mitasi (ITHQ) bo‘lib, 1981-yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining Makka shahrida bo‘lib o‘tgan IHT Uchinchi Islom Sammiti tomonidan tashkil etilgan.

ITHQning asosiy vazifalari IHTga a’zo davlatlar o‘rtasida fan va texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va rivojlanayotgan hududlarda ilm-fanni taraqqiy ettirish imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ilm va ma’rifatni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvatlash va fan yutuqlaridan jadal sanoatlashtirishda foydalanishdan iborat.

ITHQ ning ijroiya qo‘mitasi 1996-yildagi 15-yig‘ilishida IHTga a’zo davlatlarda ishlaydigan olimlar tomonidan olib borilgan muxim-olamshumul ilmiy ishlarni taqdirlash uchun (ikki yilda bir beriladigan) nufuzli mukofotlarni ta’sis etishga qaror qildi. To‘rtta mukofot turi tasdiqlangan: «Eng yaxshi yosh tadqiqotchi»; «Eng yaxshi ilmiy kitob»; «Patent uchun»; «Eng yaxshi ilmiy maqola» mukofotlari.

Har bir mukofot sertifikat, faxriy nishon va pul mukofotdan iborat.

ITHQ xalqaro ekspertlari hay’atining 2020-yil 24-sentyabrdagi qaroriga binoan, 2019-yil uchun matematika sohasida «Eng yaxshi ilmiy maqola» mukofoti, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari, professor O‘.A.Roziqovga [Rozikov U.A. Tree-hierarchy of DNA and distribution of Holliday junctions. Jour. Math. Biology, 2017. V.75, No.6, p.1715-1733] maqolasi uchun berildi.

Bu xalqaro mukofot O‘zbekiston fanlar akademiyasi Matematika instituti va barcha matematiklarimiz uchun katta faxrdir.

Roziqov O‘tkir Abdulloyevich:

2003-yilda «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

2003-yilda «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» bilan mukofotlangan.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasining 1-darajali Davlat mukofoti berilgan.

2017-yilda «Springer Nature Top Author» xalqaro mukofoti berilgan.

2018-yildan Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi.

O‘.Roziqov — matematik analiz, algebra va ehtimollar nazariyasining zamonaviy usullarini rivojlantirishda yuksak natijalarga erishgan matematik-olim. Google scholar ma’lumotiga ko‘ra O‘.Roziqovning ishlariga 3071 ta iqtiboslik (ssilka) qilingan va h-index =30.

O‘.Roziqovning chop etgan ilmiy ishlari soni 250 dan ko‘p (jumladan, chet elning nufuzli jurnallarida 145 ta). Shuningdek, Rozikovning quyidagi 4 ta kitobi hozirgi kunda dunyoning 200 dan ortiq universitetlari kutubxonalaridan munosib o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring