Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik talaba Yaponiyaning Olimpiya stadionida ayolni zo‘rlaganlikda gumon qilinib hibsga olindi

O‘zbekistonlik talaba Yaponiyaning Olimpiya stadionida ayolni zo‘rlaganlikda gumon qilinib hibsga olindi

Foto: «PA-EFE/FRANCK ROBICHON»

Yaponiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlari bo‘lib o‘tadigan Tokio milliy stadionida ayolni zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda yakshanba kuni Kyodo agentligiga tayanib TASS xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bilan aloqador bo‘lgan. Hibsga olingan shaxs stadionda ommaviy axborot vositalari xodimlarini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan firma tomonidan yollangan talaba bo‘lgan.

Tokio Olimpiadasi 2020-yil 24-iyuldan 9-avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Pandemiya tufayli musobaqa bir yilga qoldirildi, endi ular 23-iyuldan 8-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar o‘yinlarni chet ellik muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi. Yaponiyaning oltita prefekturasida, shu jumladan, Tokioda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga mahalliy tomoshabinlar ham kiritilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring