Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yosh arxitektor Taxmina Turdialiyeva xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik yosh arxitektor Taxmina Turdialiyeva xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik yosh arxitektor Taxmina Turdialiyeva «Turkistan Architect Awards»  xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

19 dekabrda rasman e’lon qilingan tanlov natijalariga ko‘ra, Taxmina Turdialiyeva tomonidan taqdim etilgan «Yoshlar Saroyi» dizayn loyihasi g‘olib deb topildi. Mazkur loyiha yaqin kelajakda Qozog‘istonning Turkiston shahrida bunyod etilishi rejalashtirilgan. «Yoshlar saroyi» dizayn loyihasining qurilish hajmi 5000 m2 ni tashkil etib, bino dizayni ham zamonaviy, ham milliy uslubda loyihalashtirilgan.

Mazkur xalqaro tanlov Qozog‘iston hukumati tomonidan 2017 yil Turkiston shahri «Turkiy xalqlarning madaniy markazi» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan shaharni obodonlashtirish maqsadida e’lon qilingan.

Tanlov 15 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, yakuniy natija sifatida faqat 10 ta loyiha g‘oliblikka munosib deb topilgan.

Taxmina Turdialiyeva Toshkent arxitektura-qurilish institutining iqtidorli talabasi sifatida 2012 yilda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi» sohibi, shu yilda Respublika dizayn Olimpiadasi g‘olibi ham bo‘lgan. Shuningdek, u shaxmat bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam unvoniga ega. U O‘zbekistonda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha ko‘plab nufuzli musobaqalar dizayn loyihalari muallifidir.

Taxmina ayni damda Xitoyning Shenjen shahridagi «Cube Design Architects» kompaniyasida arxitektor lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring