Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yosh olimlari 20 dan ortiq xorijiy davlatga yuborildi

O‘zbekiston yosh olimlari 20 dan ortiq xorijiy davlatga yuborildi

Bugun bir nechta tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro media hollda ta’lim tizimi islohotlariga oid muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda quyidagi ma’lumotlar keltirildi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida stajyor-tadqiqotchilik tashkil etildi.

2022-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka 500 ta, shundan, ta’lim yo‘nalishidagi vazirliklar huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlari uchun 318 ta kvota ajratilgan bo‘lib, bu jami maqsadli doktoranturaga ajratilgan kvotaning 63,6 foizini tashkil etadi.

80 ta oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning 231 nafar yosh olimlarini 21 ta xorijiy davlatlarga (AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Xitoy va boshqalar) 6,1 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga ilmiy stajirovkalarga yuborildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 21 ta oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning 37 nafar yosh olimlari 6 ta xorijiy davlatlarga (AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Belarusiya, Latviya va Turkiya) 1,9 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga ilmiy stajirovkalarga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring