Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning bir nechta shaharlarida yo‘lkira narxi oshadi

O‘zbekistonning bir nechta shaharlarida yo‘lkira narxi oshadi

Foto: «Uz24.uz»

Nukus, Qarshi, Andijon va Namanganda ham jamoat transportida yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqda viloyat hokimliklarining O‘zbekiston Respublikasi noormativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi saytiga qo‘ygan «Shaharda yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish haqining yangi tarifini belgilash to‘g‘risida»gi qarori loyihalarida so‘z bormoqda, deb xabar berdi «Kun.uz».

Hujjat loyihasida ta’kidlanishicha, yo‘lkira tariflarining oshirilishiga Moliya vazirligining 2018-yil 12 apreldagi xati asos qilib olingan.

Namangan viloyat hokimiligi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Namanganda 2018 yilning 1 may sanasidan e’tiboran jamoat transportida yo‘lkira haqi 1000 so‘m etib belgilanadi. Hozirgi vaqtda Namanganda avtobuslarda yo‘lkira haqi 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Qashqadaryo viloyat hokimiligi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Qarshi shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tarifi «Damas» rusumli avtotransport vositalari uchun yo‘lkira haqi bir yo‘lovchi uchun 1500 (bir yarim ming) so‘m, «Isuzu» avtobuslariga 1000 (ming) so‘m etib belgilanishi, ushbu qaror hokimlikning qashqadaryo.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirishi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi belgilanmoqda.

Andijon viloyat hokimiligi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Andijon shahar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan avtobus yo‘nalishlari uchun yo‘l kira narxlari 1000 so‘m etib belgilanadi. Andijon shahar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun yo‘l kira narxlari 5 kilometrgacha bo‘lgan masofa uchun — 1000 so‘m miqdorida; 5 kilometrdan yuqori bo‘lgan masofa uchun – 1500 so‘m etib belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Qoraqlpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish xizmati bir martalik avtobusda yo‘lovchilarni tashish xizmati tarifi 900 so‘m va yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarni tashish xizmati tarifi 1000 so‘m miqdorida belgilanishi nazarda tutilgan.

Nashrning eslatishicha, Samarqand viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahrida jamoat transportlari uchun yo‘lkira haqi 20 apreldan e’tiboran 1200 so‘m etib belgilangani haqida avvalroq xabar berilgan. Samarqand shahrida yo‘lkirasi 900 so‘m avtobus va yo‘lkirasi 1000 so‘m bo‘lgan tramvaylar 19 apreldan boshlab yo‘lovchilardan yo‘lkira uchun 1200 so‘m olishmoqda. Garchi saytda muhokama 1 maygacha bo‘lishi nazarda tutilgan.

Nashr respublikamizning boshqa shaharlarida shahar avtobuslaridan foydalanishda yo‘lkira narxi qancha ekanligiga qiziqdi:

Jumladan, mushtariylar avtobuslarda yo‘lkira narxi Toshkent va Samarqand shaharlarida – 1200 so‘m, Chirchiqda – 800 so‘m, Urganch va Buxoroda – 700 so‘m, Qo‘qonda – 600 so‘m, Qarshida – 600 so‘m (biroq barcha 500 so‘m beradi), Andijon, Farg‘ona, Namangan, Rishton va Termiz shaharlarida – 500 so‘m ekanligini ma’lum qilishgan.

Darvoqe, mazkur qaror loyihalari muhokamaga qo‘yilgan. Ushbu shaharlarda yashovchi aholida bu borada qandaydir e’tirozlar yoki takliflar bo‘lsa, havolalar orqali bemalol kirib qaror bandlariga o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring