Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning turli hududlarida «Iste’molchi kutubxonalari» tashkil etiladi

O‘zbekistonning turli hududlarida «Iste’molchi kutubxonalari» tashkil etiladi

Foto:«Akt.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan hududlarda «Iste’molchi kutubxonasi» tashkil etiladi.

Xo‘sh, iste’molchi tovar, ish, xizmatlarga buyurtma berganda, sotib olingan tovar yoki buyurtma berilgan ish, xizmatlarning xossalari va jihatlari hakida to‘lik ma’lumotga egami, iste’molchi bu borada o‘z huquq va majburiyatlarini qay darajada biladi?

Ayni vaqtda o‘tkazilgan kuzatish va tahlillar natijalari bu sohada muammolar borligini va ularni hal etilishida jamoatchilik ishtiroki zarurligini ko‘rsatmokda.

Xususan, aholining iste’mol madaniyatini oshirish borasida, ularning o‘kuv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblarga bo‘lgan talabini qondirish, bugungi kunda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘lik muhim masalalarga yechim topish dolzarb vazifa bo‘lib qolmokda.

Ushbu vazifalarni kompleks hal etilishiga ko‘maklashishda jamoatchilik tashkilotlari ishtirokini ta’minlash maqsadida, Federatsiya tomonidan respublika xududlarida iste’molchi kutubxonalari va kitob savdosiga ixtisoslashgan do‘konlar tashkil etish loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida tashkil etilayotgan kutubxona va kitob savdosi do‘konlarida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan gazeta-jurnallar, shuningdek, zamonaviy «Book cafe» va bepul WiFi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va harid qilish imkonini beruvchi «eReader» elektron o‘quv qurilmalari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbusning Oltiariq tumani hokimligi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi natijasida Federatsiya tomonidan tuman markazida dastlabki «Iste’molchi kutubxonasi»ning qurilish ishlari boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring