Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ gaz va neft qazib oluvchi vaxtada ishlovchi 4389 nafar ishchi va xodimlar oylik ish haqini 30 foizgacha oshirdi

«O‘zbekneftgaz» AJ gaz va neft qazib oluvchi vaxtada ishlovchi 4389 nafar ishchi va xodimlar oylik ish haqini 30 foizgacha oshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 30 dekabrida imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ishchilarning daromadlarini, turmush darajasini bosqichma-bosqich oshirish, yuqori malakali kadrlarni rag‘batlantirish va uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish maqsadida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bahodir Muratov tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ bo‘linmalari xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Qo‘shma qaror imzolandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjat bilan 2020 yilning 1 fevralidan ishlab chiqarishni boshqarish hamda gaz va neft qazib olish bo‘linmalari, gazni qayta ishlash zavodi va avtotransport korxonasi muhandis-texnik xodimlari va ishchilari ish haqini belgilashning yangi tarif setkasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, dastlabki bosqichda bevosita neft va gaz konlarida qazib olish bilan band bo‘lgan xodimlarning ish haqi va tarif stavkasiga quyidagicha ustama belgilanadi:

  • Muhandis-texnik xodimlar uchun – 20 foiz;
  • Vaxtada ishlovchi ishchilar uchun – 30 foiz.

Bundan ko‘zlangan maqsad konlarda og‘ir sharoitlarda mehnat qilayotgan 4389 nafar ishchini rag‘batlashtirish, ularni moliyaviy qo‘llab quvvatlashdir.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring