Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish aksiyasi yakuniga 2 kun muddat qoldi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish aksiyasi yakuniga 2 kun muddat qoldi

Foto: «dm-consultants.com»

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi yakunlanishiga 2 kun muddat qoldi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi eslatdi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza beriladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- murojaat etuvchining pasporti nusxasi;

- murojaat etuvchining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari.

Murojaat etuvchidan boshqa ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida bir martalik yig‘im (1 013 650 so‘m) undiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring