Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» fevral oyida kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» fevral oyida kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» qishning so‘nggi oyi bo‘lgan fevralda qanday ob-havo kutilishi mumkinligini ma’lum qildi. 

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda eng sovuq fevral oyi 2014-yilda kuzatilgan, oyning o‘rtacha harorati me’yordan 5-7° ga past, oyning birinchi yarmida esa me’yordan umuman 12-15° ga past bo‘lgan. Eng sovuq davrda havo harorati kechalari 14-17° sovuqgacha, kunduz kunlari esa 7-10° sovuqgacha pasaygan. 2014 yilning fevral oyida yog‘ingarchilik kam bo‘lgan, ammo oyning birinchi yarmida yog‘ingarchilik faqat qor ko‘rinishida yog‘gan.

2016 yilning fevral oyi eng issiq bo‘lgan. Eng issiq davrlarda havo harorati 23-28° iliqgacha ko‘tarildi. Fevral oyi nafaqat issiq, balki eng quruq bo‘lgan. Fevral oyida yog‘ingarchilik anomal kam miqdorda yoqqan, Toshkentda me’yordan atigi 3foizni tashkil etgan.

Ushbu yilning fevral oyi nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi.

Oyning birinchi o‘n kunligida kechalari harorat 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari harorat 6-8° iliqdan 12-14° iliqgacha o‘zgarib turadi.

5 fevralda shimolda, 6 fevralda O‘zbekistonning qolgan hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda birinchi o‘n kunlikning eng oxirida ham biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Keyinchalik Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asoslangan holda, O‘zgidrometning dastlabki bahosiga ko‘ra, havo harorati kechalari 0-5° iliqdan 0-5° sovuqgacha, shimolda 8-13° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqdan 3-8° iliqgacha o‘zgarib turadi. Hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring