Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya markazi boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bugun respublika bo‘yicha havo kam bulutli va quruq bo‘ladi. Kunduz kuni havo may oyi o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlargacha isiydi va 27-30° atrofida bo‘ladi.

Ertaga respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga nam bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, ularning o‘tishida Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18-mayda nam havo massasining sharqqa qarab harakatlanishi respublikaning markaziy va sharqiy hududlari bo‘yicha beqarorlikni keltirib chiqaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

19-mayda faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20-mayda respublika bo‘yicha quruq va iliq bo‘ladi.

Ushbu haftada havo harorati 25-30° atrofida, ba’zi joylarda 32° gacha bo‘ladi.

18-19-may kunlari tog‘larda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ushbu haftaning qolgan kunlarida faqat ayrim tog‘li hududlarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring